Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Xarkov viloyatiga insonparvarlik yordami yetkazib berishdi – video

Xarkov yaqinida ozod qilingan qishloqlarga 50 tonna oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Rossiyalik harbiylar Xarkov yaqinida ozod qilingan qishloqlarga 50 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ukrainaga insonparvarlik yordami har kuni jo‘natilmoqda. Mahalliy aholi harbiylarga yetkazib berilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirishmoqda.
Ularga hayot uchun birinchi zaruriy buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilmoqda.Ukrainalik harbiylar ortga chekinish paytida barcha do‘kon va omborlarni yo‘q qilib ketishgan.
“Deyarli har hafta olib kelib, odamlarga tarqatishadi”, - deydi mahalliy aholidan biri.
Yuk tarkibidan oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va birinchi zaruriy buyumlar o‘rin olgan.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan Donbassda tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.