O‘zbek dzudochilari Osiyo chempionatini muvafaqqiyatli boshlashdi

Sportchilar umumjamoa hisobida 4 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza bilan peshqadamlikni qo‘lga olishdi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatining birinchi kunidayoq sakkizta medalga sazovor bo‘lishdi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Ayni kunlarda Tailandning Bangkok shahrida dzudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Ortda qolgan birinchi kun dasturida o‘zbekistonlik vakillar sakkizta medalga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal:
Anvarjon Ibragimov (-55 kg)
Shohjahon Otaboyev (-66 kg)
Laziza Haydarova (-40 kg)
Umidaxon Burxonjonova (-44 kg)
Kumush medal:
Sardor Himmatov (-60 kg)
Sevinch Murodova (-48 kg)
So‘g‘diyona Rafkatova (-52 kg)
Saddam Husanov (-66 kg) esa shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Shu tariqa, sportchilar umumjamoa hisobida peshqadamlikni qo‘lga olishdi. Bugun o‘smirlar o‘rtasida og‘ir vazn toifalarida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.