Medvedev Ukrainada tinchlik Rossiya shartlarida o‘rnatilishini ma’lum qildi

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘z oldiga qo‘ygan barcha maqsadlariga erishadi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Rossiya Ukrainaga Amerika qurollari yetkazib berilishiga qaramasdan, u yerda o‘tkazayotgan maxsus harbiy operatsiyasining maqsadlariga erishadi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
Siyosatchi telegram kanalidagi navbatdagi postini AQSh tomonidan Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurol-yarog‘ qanday qilib “qurol o‘g‘rilarini” boyitishi hamda terrorchilar va radikallar qo‘liga yangi harbiy texnikalar tushishiga bag‘ishlagan.
“Rossiya barcha oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi. Shunda tinchlik bo‘ladi. Bizning shartlarimizda. Yevropa va okean ortida dovdiragan siyosiy impotentlar sayrayotgan shartlarda sira tinchlik bo‘lmaydi”, - deya ta’kidlagan Medvedev.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan Donbassda tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.

Mavzuga oid:

Medvedev: Qrimga hujum qilingan taqdirda Ukraina rahbariyati uchun qiyomat kuni keladi
Medvedev ikki yildan keyin Ukraina mavjud bo‘lishiga shubha bildirdi
Medvedev: Rossiya bilan yana hisoblashishni boshlashdi
Medvedev NATO va Rossiyaning ehtimoliy mojarosi yadro urushiga aylanib ketishidan ogohlantirdi