TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Oq uy Afg‘onistondagi so‘nggi fiaskosiga qaramay, jon talvasasidagi Kiyev rejimiga nazoratsiz ravishda qurol berishda davom etmoqda. Pentagon esa hamma narsani inkor etib, guvohliklarni chalkashtirib yubormoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ta’kidladi.
“O‘tgan yilgi Afg‘onistonda 85 milliard dollarlik harbiy texnika tashlab ketilgan fiaskoga qaramay, Oq uy jon talvasasidagi Kiyev rejimiga nazoratsiz ravishda qurol berishda davom etmoqda. Bunday qaror birinchi marta qabul qilinayotgani yo‘q. Demak, Mayakovskiy aytganidek, bu kimgadir kerak”, deb yozgan Medvedev Telegram’dagi kanalida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “AQSh armiyasining Kobul-Qandahordagi korrupsion tajribalari tugadi”, ammo uchinchi davlatlarga qurol sotishning “kulrang sxemalari” davom etapti. Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, ular “ko‘plab “ko‘katlar” olib keladi.
“U yerga “halokatli metall” yetkazib berish soat sayin amalga oshirilmoqda. Qo‘shma Shtatlarga tezlik bilan hozirgi Ukrainaga aylanib borayotgan yangi Afg‘oniston kerak. O‘g‘rilar voronkasi borgan sari qimmatroq qurollarni o‘zlashtirmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari.
Uning ta’kidlashicha, “oldindan aytish mumkinki, Pentagon hamma narsani rad etadi, yolg‘on gapiradi va guvohlik berishga uquvsizlik bilan aralashadi”.
Avvalroq, Medvedev AQShning Ukrainaga yetkazib berayotgan qurollari allaqachon jinoyatchilar qo‘li orqali dunyo bo‘ylab tarqalayotganini aytgandi.