Bu qiziq

Agar noutbukka suv to‘kilsa, qanday chora ko‘rish kerak?

Mutaxassis noutbukga suv to‘qilganda qanday chora qo‘llash kerakligini aytdi
Sputnik
Agar noutbukka bexosdan suv yoki choy to‘kilib ketsa, darhol uni tokdan uzish, shuningdek, batareyasini chiqarib olish kerak, deb tavsiya qilmoqda dasturchilar maktabi o‘qituvchisi Yeva Yankovskaya.
“Qurilmaga suv tekkanda darhol uni energiya tokidan uzish, shuningdek, batareyasini chiqarib qo‘yish kerak. Hatto noutbuk yoniq holda bo‘lmasa ham. Chunki, tizim platasi komponentlari batareyadan quvvatlanadi va quvvat sxemalari davom etadi. Agar noutbuk batareyasini chiqarib olish imkoni bo‘lmasa, zudlik bilan o‘chiruvchi tugmani bosish va to‘liq o‘chguncha kutish kerak”, - deydi mutaxassis.
Shuningdek, noutbukning barcha qo‘shimcha moslamalarini o‘chirish kerak. Keyin esa gadjetni quritish uchun olib qo‘yish zarur. Buning uchun moslamani bir sutkaga quruq joyga olib qo‘yish lozim.
Suv tekkanda noutbukni silkitish yoki fen bilan quritish aslo mumkin emas. Bu kontaktlar oksidlanishini tezlashtiradi, deydi Yankovskaya.
“Agar kompyuterga sharbat, gazli yoki spirtli ichimlik kabi suyuqlik to‘qilsa, yanada tezroq harakat qilish lozim. Chunki bu ichimliklar tarkibida turli kislotalar bor. Ular esa kontaktlarni tezroq oksidlantiradi”,- ogohlantirdi mutaxassis.
Agar kompyuter ishlamay qolsa, uni aslo o‘zboshimchalik bilan tuzatishga harakat qilmaslik kerak. Yaxshisi, kompyuter ustasiga olib borgan ma’qul, deydi ekspert.