TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Rossiya va Gana bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo aloqasi yo‘qligi bois, ayni damda mamlakatda Marburg gemorragik bezgagiga chalinish xavfi minimal darajada. Bu haqida RT Rospotrebnadzorga tayangan holda xabar berdi.
Avvalroq Gana Sog‘liqni saqlash vazirligi Marburg bezgagi avj olgani haqida xabar bergan edi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu infeksiyani qo‘zg‘atuvchisi Ebola virusi bilan bir sinfga (turga) tegishli.
Eslatib o‘tamiz, Marburg gemorragik bezgagi odamlarga mevali ko‘rshapalaklardan yuqadi. U infeksiyalangan shaxslarning so‘lagi va materiallar bilan bevosita aloqa qilish orqali tarqaladi. Ayni paytda kasallikka qarshi vaksina ro‘yxatga olinmagan.