TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Kashmirlik xattot uzunligi 500 metr va eni 14,5 duym bo‘lgan qog‘ozga butun Qur’onni yozib, yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi Ilosxon Ahmedov xabar berdi.
27 yoshli xattot Mustafo bin Jamil mahalliy matbuotga Qur’oni karimni yozish uchun 7 oy vaqt ketgani, bu vaqt mobaynida Hindistonning Dehli shahridan olib kelgan maxsus xattotlik qalamlari va 85 gramm qog‘ozdan foydalanganini aytgan.
Xattot Mustafo bin Jamil ushbu noyob yutug‘i bilan iste’dodli shaxslarni aniqlash va ularning malakasini xalqaro maydonda oshirishga bag‘ishlangan (Lincoln Book of Records) tashkilotida noyob rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.
“Qur’onni hech bir mohir murabbiyning ko‘rsatmasisiz yozishga muvaffaq bo‘ldim, shuning uchun ham, ayniqsa, qo‘lozma Qur’on 450 sahifadan iborat bo‘lgani uchun, ko‘p vaqt talab qildi”, deydi xattot.
Ma’lumot uchun, Mustafo bin Jamil Kashmir shimolidagi Bandipor mintaqasidagi Gorez vodiysida voyaga yetib, o‘z iste’dodini isbotlaydigan noyob yutuqga erishish istagida Qur’oni karimni qog‘ozga yozgan.