Bu qiziq

Parhezshunos o‘rikning kutilmagan foydasini aytdi

Parhezshunosning aytishicha, o‘rik ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.
Sputnik
Shifokor-parhezshunos Yelena Solomatina “Vechernyaya Moskva” da bo‘lgan suhbatda o‘rikning foydali xususiyatlarini aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘rik nafaqat ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, balki tomirlarni mustahkamlaydi, nerv va yurak-qon-tomir tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, ushbu meva jazirama issiq kunlarda chanqoqni qondira oladi, chunki 85% suvdan iborat.
Bundan tashqari, o‘rik xotirani yaxshilaydi, stressga chidamlilikni oshiradi va virusli kasalliklarga chalinganda organizmga quvvat beradi.