TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Xitoyda o‘tkazilgan 54-Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 4 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Masofaviy tarzda o‘tkazilgan olimpiadada dunyoning 80 ta davlatidan 320 nafar o‘quvchi ishtirok etgan.
Mazkur nufuzli olimpiadada quyidagi o‘zbekistonlik o‘quvchilar kumush medaliga sazovor bo‘lishdi:
Maftuna Badalova - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi;
Azimjon Jamolov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi;
Ikromiddin Boymahammadov - Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi;
Sherzod Shaymatov - Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 11-AFChO‘IMning 11-sinf o‘quvchisi.
Kumush medalni qo‘lga kiritgan g‘olib o‘quvchilarga 90 mln so‘m, o‘qituvchilariga – 75 mln so‘mdan pul mukofotlari topshiriladi.
Medal sohiblari oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
Avvalroq Toshkent pediatriya instituti akademik litseyi o‘quvchisi Aziza Abduvaliyeva Armanistondagi 33-Xalqaro biologiya olimpiadasida, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi Xalqaro matematika maktabi o‘quvchisi Lazizbek Rajabboyev Norvegiyadagi 63-Xalqaro matematika olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgani xabar qilingan edi.