O‘zbekistonda elektromobil importi 4,5 barobarga oshdi

Import qilingan elektromobillarning qiymati 34,1 mln dollariga teng.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston yanvar-iyun oylarida 10 ta xorijiy davlatdan 1 125 ta elektromobil import qildi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, import qilingan elektromobillarning qiymati 34,1 mln dollariga teng bo‘lgan.
Elektromobil importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 875 taga yoki 4,5 barobarga oshgan.
O‘zbekiston asosan qo‘yidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:
Xitoy – 983 ta
BAA – 73 ta
Germaniya – 27 ta
Gonkong – 25 ta
Koreya – 6 ta
Litva – 6 ta
Estoniya – 2 ta