TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 2030-yilga borib uran ishlab chiqarish hajmi 7100 tonnaga yetkaziladi. Bu prezident tomonidan qabul qilingan PQ-319-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjat bilan, 2022-2030 yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasining uran qazib olish va qayta ishlash hajmlari oshiriladi.
Hozirda tabiiy uran konssentrati 3 526 tonnaga teng bo‘lib, bu ko‘rsatgich shu yilning o‘zida yana 30 tonnaga (3 526) oshiriladi.
Hujjatda qayt etilishicha, amalda uran zaxiralari hajmi 4 761 tonnani tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatgichni 2030-yilga borib 10 500 tonnaga yetkazish prognoz qilinmoqda.
Shuningdek, “O‘zkimosanoat”, “Olmaliq KMK” va “O‘zbekneftigaz” bilan birgalikda “Navoiyuran”da uran qazib olish va qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan asosiy kimoviy va boshqa xomashyo mahsulatlarini ishlab chiqarish hajmi oshiriladi.
2022-2030 yillarda korxona tomonidan uran, nodir va kamob mettalar prognoz resurslari hamda zaxiralarini ko‘paytirish bo‘yicha geologiya-qidiruv, ilmiy tadqiqot va tajriba-sinov ishlari yo‘lga qo‘yiladi.
Qolaversa, respublikaning ixtisosligi mos yetakchi oliy ta’lim muassasalari va xorijiy filiallar negizida uran geologiyasi, qazib olish, qayta ishlash va qo‘shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarish sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayorlanadi.
Kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, mamlakatda yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha Rossiyaning “MMFI” milliy tadqiqot yadro, Rossiya kimyo-texnologiyalari, Sank-Peterburg konchilik universitetlari va boshqa xorijiy OTMlar bilan muzokaralar o‘tkazish kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘tgan yilda uran qazib oluvchi davlatlar reytingidagi beshinchi o‘rinni qayd etdi. O‘zbekistonda yiliga barqaror ravishda 3,5 ming tonna uran ishlab chiqarilmoqda. Xususan, mamlakat 2020 va 2019-yillarda ham 3,5 ming tonna, 2018-yilda esa 3,4 ming tonna uran ishlab chiqargan.