O‘zbekiston o‘rtasida Tojikiston chegara bo‘yicha muzokaralar bosqichi yakunlandi

Farg‘onada o‘tgan ikki davlat qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishida tegishli bayonnoma imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. 11—16 iyul kunlari Farg‘onada O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tojikiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yig‘ilishda demarkatsiya ishlari muhokama qilingan va umumiy chegaraning demarkatsiya chizig‘i loyihasi bo‘yicha takliflar tayyorlangan.
Ta’kidlanishicha, tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolangan. Keyingi uchrashuv Tojikiston hududida bo‘lib o‘tishiga qaror qilingan.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi bitim 2018-yil 9-10 mart kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega davlat tashrifi doirasida imzolangan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston-Tojikiston chegarasining uzunligi 1332 kilometrni tashkil qiladi.