TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston 2022-yilning dastlabki olti oyida 14 ta davlatga gilos eksport qilgan. Eng ko‘p xaridni Rossiya amalga oshirgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Statqo‘mga ko‘ra, O‘zbekiston yanvar-iyun oylarida 14 ta davlatga qiymati 33,3 mln dollarga teng bo‘lgan 25,4 ming tonna gilos eksport qilgan.
Gilos eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 35 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p gilosni Rossiya (12,5 ming tonna), Qozog‘iston (7,7 ming tonna) va Qirg‘iziston (4,8 ming tonna)ga eksport qilgan.
Bundan tashqari, o‘zbek giloslarini Koreya (183 tonna), Belarus (163 tonna), Polsha (52 tonna) va Birlashgan Arab Amirliklari (16 tonna) ham xarid qilgan.
Avvalroq, Toshkent viloyati Bo‘ka tumani dalalarida yetishtirilgan poliz mahsulotlari shu kunlarda Rossiya bozorlariga eksport qilinayotgani haqida xabar bergan edik.