Ohangaron o‘rmon xo‘jaligidagi yong‘in o‘chirildi

Yong‘inni bartaraf etishga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 30 nafar xodim, o‘rmon xo‘jaligidan 20 nafar xodim jalb qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Kecha Toshkent viloyatida joylashgan Ohangaron o‘rmon xo‘jaligida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 13:03 da Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Toshariq” MFY hududida joylashgan o‘rmon xo‘jaligiga qarashli bo‘lgan yer maydonida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Boshqarma yong‘in-qutqaruvchilari voqea joyiga soat 13:09 da yetib borib, yong‘in soat 13:15 da o‘rab olingan va soat 14:05 da o‘chirilgan.
Yong‘inni bartaraf etishga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 30 nafar xodim, o‘rmon xo‘jaligidan 20 nafar xodim jalb qilingan. Yong‘in natijasida taxminan 500 kv.m maydonda quruq o‘t va shox shabba yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.