Denatsifikatsiya natijasi. Zelenskiy UXX rahbari va bosh prokurorni ishdan oldi

Vladimir Zelenskiy Ukraina bosh prokurori Irina Venediktova hamda Ukraina Xavfsizlik xizmati raisi Ivan Bakanovni vazifasidan chetlatdi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat xavfsizlik xizmati rahbari Ivan Bakanov va bosh prokuror Irina Venediktovani egallab turgan lavozimidan ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Prezidentning tegishli farmonida qayd etilishicha, Bakanov Ukraina Qurolli kuchlari Tartib-intizom nizomining 47-moddasiga asosan ishdan bo‘shatilgan. Venediktovaning iste’foga chiqishi “Harbiy holatning huquqiy rejimi to‘g‘risida”gi qonunning prezidentga mansabdor shaxslarni lavozimidan chetlashtirish huquqini beruvchi 11-moddasiga muvofiq amalga oshirilgan.
Vladimir Zelenskiyning videomurojaatida Ukrainada prokuratura, tergovchilar va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan davlatga xiyonat va “hamkorlik faoliyati” moddalari bo‘yicha 651 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilganidan so‘ng UXX rahbari va bosh prokurorni lavozimidan chetlatganini aytdi.
Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Aleksey Simonenko bosh prokuror vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Venediktova 2020-yilning mart oyidan buyon bosh prokuror, Bakanov esa 2019-yilning avgustidan buyon UXX rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova bu holatni Ukrainani denatsifikatsiyaqilish qizg‘in davom etayotgani bilan izohladi.
“Zelenskiy Bosh prokuror va UXX rahbarini ishdan bo‘shatdi. Denatsifikatsiya qilish qizg‘in davom etmoqda”, deya yozib qoldirdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.