Bo‘ka qovunlarini Rossiya bozorlariga eksport qilish boshlandi

Toshkent viloyatida faoliyat olib boruvchi tadbirkor bir qator yirik korxonalar bilan shartnoma imzoladi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Bo‘ka tumani dalalarida yetishtirilgan poliz mahsulotlari shu kunlarda Rossiya bozorlariga eksport qilinmoqda. Bu haqida Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yekaterinburgga qovun yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikka "INNOPROM-2022" Xalqaro sanoat ko‘rgazmasida erishilgan.
“Bo‘ka tumanida faoliyat yurituvchi “TNA AGROINVEST” korxonasi direktori Islom Boqijonov Toshkent viloyati vakillari qatorida jahon ko‘rgazmasida ishtirok etib, bir qator yirik korxonalar bilan shartnoma imzolashga erishgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda yetishtirilgan 40 tonnaga yaqin qovun mahsulotlari Pokiston bozoriga yetkazib berilishi ma’lum qilingandi.