Ba’zi turdagi pishiriqlar saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin, deydi ratsional ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Ivan Alimenko. Bu haqida Sputnik radiosi ma’lum qildi.
Pishiriqlarni xarid qilayotganda mahsulot tarkibiga e’tibor berish kerak. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi turdagi pishiriqlar tarkibida sifatsiz va zararli yog‘lar ko‘p.
“Qatlamali xamir tarkibida sifatsiz yog‘lar bo‘ladi. Asosan, bu margarin va sariyog‘ aralashmasi, yoki tarkibida eng ko‘p transog‘lar bo‘lgan sifatsiz margarin bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga issiqlik bilan ishlov berilgan yog‘lar kimoviy darajada deformatsiyaga uchraydi va salomatlik uchun xavfga aylanadi”, - deydi Ivan Alimenko.
Sifatsiz yog‘lardan tayyorlangan mahsulotlarini iste’mol qilish semizlik, qandli diabet, yuqori qon bosimi, ateroskleroz, xolesterin ko‘payishi va tromblar yorilishiga olib keladi.
Buni oldini olish uchun mutaxassis eng oddiy tarkibga ega hamirli mahsulotlarni xarid qilishni tavsiya qildi.
“Yaxshisi, faqatgina un va suvdan tayyorlangan xamir olgan ma’qul. Bu bagetlar, batonlar, oddiy bulochkalar, lavash xamiri bo‘lishi mumkin”.
Ekspertning qo‘shimcha qilishicha, sevimli taomlardan butunlay voz kechish kerak emas, shunchaki meyorga amal qilish yetarli.