Bu qiziq

Qaysi mahsulotlar bosh og‘rig‘ini qo‘zg‘atadi?

Ekspertning aytishicha, kofeinli ichimliklar bosh og‘riga sabab bo‘ladi.
Sputnik
Shifokor-nevrolog Pavel Xoroshevning aytishicha, migrenga moyilligi bo‘lgan insonlar bir qancha sevimli mahsulotlardan voz kechishi kerak. Ular orasida shokolad, qahva ham bor.
“Migrendan aziyat chekayotgan insonlar spirtli ichimliklar iste’mol qilishdan tiyilishi kerak. Ayniqsa, qizil vinodan so‘ng kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. Shuningdek, tarkibida kofein bo‘lgan barcha ichimliklar: choy, energetik, qahva, hamda pishloq, shokolad eng kuchli bosh og‘riq qo‘zg‘atuvchilari hisoblanadi”,- deydi ekspert.
Ba’zi insonlar yog‘li go‘sht ham bosh og‘rig‘iga sabab bo‘ladi deb hisoblashadi. Biroq, doim shunday bo‘lavermaydi.
“Agar bosh og‘rig‘i juda kuchli bo‘lsa, vegetariancha parhez qilish mumkin. Tadqiqotlar bunday parhezning chindan ham yaxshi ta’sir qilishini tasdiqlaydi. Ammo, yog‘li go‘sht og‘riqni qo‘zg‘atuvchi kuchli omillardan emas”, - deydi shifokor.