TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Gretsiya shimolida Ukraina aviakompaniyasining “Antonov” yuk tashuvchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti ERT ma’lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Samolyot Serbiyadan Iordaniyaga uchayotgan bo‘lgan, bortida yo‘lovchilar bo‘lmagan.
Uchuvchi dvigatel ishdan chiqqanini ma’lum qilgan va Kavala aeroportiga qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan, biroq keyin u radardan yo‘qolib qolgan.
Havo kemasi bortida ekipajning sakkiz nafar a’zosi bo‘lgani aytilmoqda.
“Olov qurshab olgan ulkan samolyot Pangeu munitsipalitetidagi Paleoxori qishlog‘i yaqinida aniqlangan. Olovni o‘chirish operatsiyasi olib borilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot makkajo‘xori maydoniga borib urilgan va portlash ovozlari eshitilgan”, - deyilgan xabarda.
Gretsiya yong‘in xizmati xabariga ko‘ra, olovni o‘chirish uchun 15 nafar qutqaruvchi va 7 ta mashina jalb qilingan.
Serbiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, Gretsiyada qulagan samolyot Serbiyadan Bangladeshga 11,5 tonna mudofaa mahsulotlarini olib ketayotgan bo‘lgan. Samolyot bortida bo‘lgan 8 nafar ekipad a’zolari halok bo‘lgan