TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Dunyo tez orada global geosiyosiy o‘zgarishlar va ko‘p qutblilikka o‘tishga duch keladi, G‘arb ustunligi davri o‘z nihoyasiga yetadi. Bunday fikrni Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler Ditchlifondi tadbirida so‘zlagan nutqida bildirdi.
“Bu asrdagi eng yirik geosiyosiy o‘zgarish Xitoydan keladi, Rossiyadan emas. Siyosat va iqtisoddagi G‘arb ustunligining oxiri yaqinlashmoqda. Dunyo kamida ikki qutbli, ehtimol, ko‘p qutbli bo‘ladi. Zamonaviy tarixda ilk bor Sharq G‘arb bilan tenglashishi mumkin”, - deya taxmin qilgan siyosatchi.
Bler Xitoyni “dunyodagi ikkinchi buyuk davlat” deb atagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy raisi Si Szinpin Tayvanni Pekin nazorati ostiga qaytarish niyatini yashirmayapti.
Shu bilan birga Xitoy rahbariyati yanada agressiv harakat qilmoqda, G‘arbga nafrat bilan qarashini yashirmayapti, Rossiya bilan yaqinlashmoqda. Britaniyaning sobiq bosh vaziri Rossiya, va ehtimol, Eron Pekinning ittifoqchilari bo‘ladi deb hisoblaydi.