TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan mamlakat hududiga takroran raketa hujumi uyushtirilganini rad etdi
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘onistondan O‘zbekiston hududiga uchinchi marta raketa hujumi uyushtirilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Mazkur mazmunda tarqatilayotgan xabarlar yolg‘on bo‘lib, mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. O‘zbekiston-Afg‘oniston davlat chegarasi O‘zbekiston harbiylari tomonidan to‘liq nazorat qilinmoqda, vaziyat barqaror”, - deyilgan vazirlik rasmiy xabarida.
Vazirlik fuqarolardan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklari va rasmiy manbalarga tayanishlarini so‘rab qolgan.