Afg‘onistonda vabo tarqalishi sabab qo‘shni davlatlardan kelayotganlar nazorati kuchaytirildi

O‘zbekiston SES Afg‘onistonda vabo tarqalishi sabab qo‘shni davlatlardan kelayotganlar nazoratini kuchaytirdi.
Sputnik
TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati chegara-bojxona postlaridagi sanitariya-karantin punktlarida mamlakatga qo‘shni dalvatlardan tashrif buyuradigan fuqarolarning tibbiy nazoratini kuchaytirdi.
Bu turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Afg‘onistonning ikki viloyatida bir kunda 40 nafarga yaqin odam vabodan vafot etganligi haqida xabarlarga bog‘liq.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati ayni paytda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afg‘onistondagi vaboga oid epidemologik vaziyat yuzasidan xech qanday rasmiy xabar bermaganini qayd etgan.
Vabo – vibrio cholerae mikroorganizmi keltirib chiqaradigan, o‘tkir infeksiya. Kasallik diareya bilan kechadi, bu suvsizlanish va qon tomirlari yetishmovchiligini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha infeksiya ifloslangan suv yoki dengiz mahsulotlari orqali yuqadi.
Ta’kidlanishicha, respublikada vabo kasalligini tarqalishini va kelib chiqishini oldini olish yuzasidan qator choralar ko‘rilmoqda. Xususan, respublika bo‘ylab bugungi kunda davlat chegaralarini kesishish joylarida 54 ta sanitariya – karantin punktlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shulardan 36 tasi avtomagistral yo‘llarida, 11 tasi xalqaro aeroportlarida, 6 tasi temir yo‘l va 1 tasi daryo portida tashkil etilgan. Ular zamonaviy teplovizorlar va kontaktsiz termometr (pirometr)lar bilan yetarlicha ta’minlangan.
Yuqumli kasalliklar shifoxonalarida, oral-regidratatsiya punktlarida o‘tkir diareyaga chalingan bemorlarni vaboga tekshirish tashkil etilgan.
Sanitariya-epidemiologiya xizmatining maxsus laboratoriyalari vabo kasalligini tashxisoti bo‘yicha kerakli jihozlar, reaktivlar va ozuqa muhitlari bilan yetarli miqdorda ta’minlangan. Laboratoriya mutaxassislarini qayta tayyorgarlikdan o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, kasallik mavsumida har hafta ochiq suv xavzalaridan namunlar olib, vabo chaqiruvchilariga tekshirilishi amalga oshirib kelinmoqda (NAG va AG vibrionlarga).
Kasallikka chalingan (gumon qilingan) bemorlarni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizish maqsadida shifo-o‘rinlari zaxirasi tashkil etilgan.
Vabo kasalligiga chalingan bemorlarini davolash ishlarini tashkil etish uchun zarur dori vositalari zaxirasini yaratilgan.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi o‘rtasida sanitariya – targ‘ibot ishlari kuchaytirilgani qayd etgan.