Rogozin “Roskosmos” rahbarligidan ketdi

Vladimir Putin Dmitriy Rogozinni “Roskosmos” rahbari lavozimidan ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dmitriy Rogozinni “Roskosmos” rahbari lavozimidan ozod qildi.
Farmon matni Kreml rasmiy saytida e’lon qilindi.

“Dmitriy Olegovich Rogozin “Roskosmos” davlat kosmik korporatsiyasi bosh direktori lavozimidan ozod qilinsin”, - deyilgan hujjatda.

Rogozinning o‘rnini bosh vazirning kosmik va harbiy-sanoat kompleksi bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Yuriy Borisov egalladi.
Rogozin kompaniyani 2018-yilning may oyidan beri boshqarib kelmoqda. Bungacha u hukumat rahbarining mudofaa sanoati bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.