Puerto-rikanlik qo‘shiqchi Riki Martin jiyani bilan ishqiy munosabatda bo‘lganligi, oilada zo‘ravonlik holati bo‘yicha ariza asosida tergov ishi ochilgan.
Bu haqda Marca nashri xabar qildi.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, Riki Martin 7 oy davomida jismoniy va ruhiy tajovuzkorlik qilgan. Arizachi uning jiyani ekanligini hisobga olgan holda artist butunlay boshqacha - 50-yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Enrike Martin Morales - Riki Martin taxallusi bilan mashhur bo‘lga, 1990-yillarda mashhur bo‘lgan puerto-rikanlik qo‘shiqchi va aktor.
Yetti karra Gremmi sovrindori, Ispaniya fuqaroligiga ega, 2017-yildan beri bir jinsli nikohda bo‘lib, 4 nafar surrogat farzandni tarbiyalamoqda.