TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Jamshid Xodjayev Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bo‘ldi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga Jamshid Xodjayev nomzodi ko‘rib chiqildi.
Unda deputatlar Jamshid Xodjayevni yangi lavozimga ma’qullashdi.
Ma’lumot uchun, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, Jamshid Xodjayev 2019-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida faoliyat olib borayotgandi.