Farg‘ona viloyatidagi darolarda suv toshqini yuzaga kelishi mumkin

Suv toshqin hodisasiga tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat sabab bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Qayd etilishicha, suv toshqin hodisalari 18-24 iyul kunlari Shoximardon, Isfayramsoy va So‘x darolarida kuzatilishi mumkin.
“Suv toshqin hodisasiga tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat sabab bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
O‘zgidromet tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘radi.