Dollar tushdi, rubl esa ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan qiymatini belgiladi.
Sputnik
TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 11,75 so‘mga tushib, 10 970,18 so‘mni tashkil qildi.
Yevro 37,56 so‘mga oshib, 11 067,81 so‘m bo‘ldi.
Rubl esa 1,72 so‘mga yuqorilab, 192,46 so‘m etib belgilandi.