TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Shri-Lanka parlamenti spikeri Mahinda Yapa Abeivardena prezident Gotabay Rajapaksa o‘z lavozimini tark etganini rasman tasdiqladi. Bu haqda Shri-Lankaning Adaderana axborot portaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Spiker o‘z qarorgohida bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida bu haqda rasmiy bayonot bergan.
“14 iyul kuni Gotabay Rajapaksa Shri-Lanka prezidenti lavozimidan rasman iste’foga chiqdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shri-Lankada norozilik namoyishlari ortidan prezident Gotabaya Rajapaksa iste’foga chiqib mamlakatni tark etgandi. Shundan so‘ng, Bosh vazir Ranil Vikramasingxe davlat rahbari vakolatlariga ega bo‘ldi. Mamlakatda davom etayotgan norozilik namoyishlari favqulodda holat joriy etishga olib keldi.