Markaziy bank nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan tangalarni muomalaga chiqaradi

Senat Markaziy bankning yangi tanga namunasi va dizaynini ma’qulladi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 1000 so‘mlik tangalar muomalaga chiqariladi. Bu bo‘yicha Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narboyeva tegishli qaror imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, parlamentning yuqori palatasi Markaziy bankining tangalar, shuningdek, nominal qiymati 200 000 so‘m bo‘lgan banknotlarni muomalaga chiqarish to‘g‘risidagi taklifini ma’qullagan.
Eslatib o‘tamiz, yangi banknotning dizayni bir kun avval Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan edi. U “Buyuk Ipak yo‘li” hamda mamlakat hududidagi Farg‘ona vodiysining qadimiy tarixiga bag‘ishlangan.
15 iyul kuni 1000 so‘mlik tanga ham 200 000 so‘mlik banknot bilan bir qatorda muomalaga chiqariladi.