Kiyev rejimi Severskdan qo‘shinlarni bosqichma-bosqich olib chiqishga qaror qildi, bu haqda Lugansk Xalq Respublikasi xalq militsiyasi zobiti Andrey Marochko o‘zining Telegram-kanalidayozdi.
"Ukraina qo‘mondonligi o‘z bo‘linmalarini Seversk aholi punktidan bosqichma-bosqich olib chiqib ketish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Jangovar buyruqqa ko‘ra, pozitsiyalar yashirincha qoldirib,kichik guruhlar bo‘libchekinishi kerak", - deb yozadi u.
Bir kun oldin DXR rahbari Denis Pushilin Seversk operativ qurshovda ekanini aytdi. Respublika axborot vazirining birinchi o‘rinbosari Daniil Bezsonovning so‘zlariga kra, hozirda DXR blinmalari shaharning sharqiy tumanlarini tozalash ishlarini olib bormoqda, biroq qarshilik markazlari hamon saqlanib qolgan.
Seversk Lisichanskdan deyarli 30 kilometr g‘arbda joylashgan. Shahar uchun janglar 3-iyuldan beri davom etmoqda.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda.
Vladimir Putin uning vazifasini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahrirlanish va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atadi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyadan asosiy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Rossiya armiyasi DXR va LXR kuchlari bilan birgalikda Lugansk Xalq Respublikasi va Donetskning muhim qismini to‘liq ozod qildi.