TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Massachusets texnologiya universiteti astronomlari koinotdan noodatiy FRB radio signalini aniqlashdi. Bu haqida “Gazeta.ru” Nature jurnaliga tayanib xabar berdi.
FRB - kelib chiqishi noma’lum astrofizik radioto‘lqinlarining juda kuchli portlashi, odatda bir necha millisekunddan oshmaydi.
Biroq, olimlar tomonidan qayd etilgan FRB 20191221A signali uch soniyagacha davom etgan.
Radio to‘lqinlarining har 0,2 soniyada portlashlari - uning eng davomiyligi va tez-tez takrorlanishini ta’minlaydi
Olimlar bunday signalni nima chiqarayotganini aniqlashgani yo‘q.
Ehtimol, u neytron yulduzidan - radiopulsar yoki magnetardan kelib chiqishi mumkin.
Astronomlarning fikricha, bu signal koinotning kengayish tezligini o‘lchash uchun ishlatilishi mumkin.