TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Liszan G‘arb ommaviy axborot vositalari uchun dunyo hamjamiyati nima anglatishini ko‘rsatdi.
“Dunyo hamjamiyati” nimani anglatadi”, - deya diplomat chop qilgan suratining tagiga yozgan.
Suratda butun dunyo “dunyo hamjamiyatini” qanday tushinishi, G‘arb OAVlari uchun esa bu qanday ko‘rinishi ko‘rsatilgan. Ular Rossiya, Lotin Amerikasi, Afrika va Osiyo mamlakatlarini ko‘rishmaydi. Shimoliy Amerika ham Meksikasiz ko‘rsatilgan.
Avvalroq Xitoy TIV vakili AQSh chaqiriqlari ustidan kulgan edi.