Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

14 iyul kuni soat 21:00 dan 15-iyul soat 07:00 ga qadar Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. 14 iyul kuni Toshkent shahridagi Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ahmad Donish ko‘chasida (yangi Dinamo do‘koni) yangi yer usti piyodalar o‘tish yo‘li qurilmoqda.
Shuning uchun, 14-iyul kuni soat 21:00 dan 15-iyul soat 07:00 ga qadar shu ko‘chaning "Sulton" restoranidan avtomobil ko‘prigigacha bo‘lgan qismi transport vositalari harakati uchun yopiladi.
Karta perekritogo uchastka ulisi Axmada Donisha (noviy magazin "Dinamo") ot restorana "Sultan" do avtomobilnogo mosta v Tashkente.
“Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.