TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Toshkent viloyatida joylashgan choyxonada saqlanayotgan tulki tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi. Bu haqida Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Tovoqsoy hududi "Xon baliq" choyxonasida bir dona tulki qafasda saqlanayotganligi aks etgan video xabar tarqalgandi.
Viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari bu holatni tezkorlik bilan o‘rganishgan. O‘rganishlar natijasida mazkur hududda haqiqatdan ham bir dona tulki saqlanayotganligi aniqlangan.
Keyin bu jonivor Bo‘stonliq tumani “Chimboylik” MFY hududidagi O‘rmon xo‘jaligiga qarashli yashil tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborilgan.