“The Hill” maxsus operatsiyadan keyin Putinning uchta ehtimoliy harakatini bashorat qildi

“The Hill” gazetasining yozishicha, Ukrainadagi maxsus operatsiyadan so‘ng Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oldida uchta yo‘l bor.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya yakunlangach, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oldida uchta variant bor, deb yozadi “The Hill” nashri.
“Rossiya rahbari harbiy kampaniya boshlashi yoki BMTga muqobil yaratishga harakat qilishi mumkin. Uchinchi variant — mamlakat ichidagi hokimiyatni mustahkamlash”, - deydi Baltimor (AQSh) universiteti professori Devid Lingelbax.
Shu bilan birga, muallif Putinning pozitsiyasi kuchli ekanini qayd etgan.
“Ukrainadagi maxsus operatsiya yaxshi o‘tmoqda va rubl 2020-yil fevralidan beri har qachongidan ham mustahkamlandi”, - dedi u.
Lingelbax prezident reytingining barqaror o‘sib borayotganiga ham e’tibor qaratdi.
“Rossiya jamoatchiligi nazarida (Putindan boshqa — taxminiy tahr.) Rossiyani kuchliroq qila oladigan hech kim yo‘q”, deb xulosa qilgan muallif.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.