TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Chorshanba kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar bo‘lajak turli darajadagi ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish borasida keng qamrovli va puxta ishlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.