TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Estoniya Bosh vaziri Kaya Kallas o‘z lavozimini tark etish qarorini e’lon qildi. Bu haqda Sputnik Belarus Estoniya hukumati matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun ertalab bosh vazir Kaya Kallas hukumatga o‘z xohishi bilan iste’foga chiqishi haqidagi qarorini rasman ma’lum qilgan.
Kallas bilan birga mamlakat vazirlar mahkamasining barcha a’zolari iste’foga chiqadi.
Kallas taklifiga ko‘ra, 15-iyul kuni parlament favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Unda amaldagi bosh vazir deputatlardan yangi hukumatni shakillantirishda unga ishonishni so‘raydi.
Eslatib o‘tamiz, Kaya Kallas o‘tgan yildan beri Estoniya bosh vaziri lavozimida o‘z faoliyatini olib borayotgandi.