Shimoliy Koreya DXR mustaqilligini tan oldi

DXR rahbari Denis Pushilin Shimoliy Koreya respublikanini tan olganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. KXDR Donesk Xalq Respublikasining mustaqilligini tan oldi. Bu haqda DXR rahbari Denis Pushilin ma’lum qildi.
"Donesk Xalq Respublikasining xalqaro maqomi va uning davlatchiligi mustahkamlanishda davom etmoqda. Bu diplomatiyamizning yana bir g‘alabasi”, - deya yozdi Pushilin o‘zining telegram kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror ikki respublika munosabatlarining keyingi rivojlanishining zamini bo‘ladi. U Shimoliy Koreya xalqiga Donbass aholisini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirgan.
Avvalroq Suriya DXR va LXR mustaqilligini tan olish to‘g‘risida qaror qilganini ma’lum qilgan edi.
21 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donesk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan edi.