Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining ayrimlari foyda solig‘idan ozod qilindi

Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 15 mln dollar va undan ko‘p investitsiyalar uchun –10 yil muddatga foyda solig‘idan ozod qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyoz berish muddatlari belgilandi. Prezident imzolagan O‘RQ–783-sonli qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyoz berish muddatlari belgilandi.
Imtiyoz muddati investitsiya hajmiga qarab quyidagicha etib berlgilandi:
3 mln dollardan – 5 mln dollargacha investitsiya uchun – 3-yil;
5 mln dollardan – 15 mln dollargacha investitsiya uchun – 5-yil;
15 mln dollar va undan ko‘p investitsiyalar uchun –10 yil muddatga foyda solig‘idan ozod qilinadi.
Mazkur muddatlar ishlab chiqarish obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan hisoblanadi.