TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Toshkentning “Humo” xokkey klubi ikki yillik tanaffusdan keyin yana xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
“Humo” xokkey jamoasi Qozog‘istonning Pro-Liga ochiq chempionatida o‘z ishtirokini boshlaydi.
“Humo o‘yinga qaytmoqda. Yangi mavsumda klub koronavirus sababli yuzaga kelgan ikki yillik tanaffusdan so‘ng “Pro Hokkey Ligasi”dagi ishtirokini boshlaydi. Umid qilamanki, bu O‘zbekiston va Qozog‘iston xokkey muxlislarini xursand qiladi”, deydi O‘zbekiston xokkey federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bahodir G‘afurov.
Ma’lumot uchun, “Humo” xokkey klubiga 2018-yil oxirida asos solingan. Jamoa uy uchrashuvlarini “Humo Arena” majmuasida o‘tkazib keladi.