TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Inson hayotini sug‘urta qilishga oid klassifikatorlar kengaytirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Botir Usmonaliyev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, “Sug‘urta faoliyati klassifikatori”ga qo‘shimcha sug‘urta klasslarini qo‘shish orqali kengaytirildi.
Bunda hayotni sug‘urta qilish sohasidagi mavjud 4 ta klassga yana 3 ta klass qo‘shildi:
1.
Tartib raqami bo‘yicha V-klass — “Majburiyatlarni ta’minlash uchun hayotni sug‘urtalash”;2.
Tartib raqami bo‘yicha VI-klass — “Uzoq muddatli ixtiyoriy pensiya sug‘urtasi”;3.
Tartib raqami bo‘yicha VII-klass — “Kapitalni qaytarish bilan hayotni sug‘urtalash”.Shuningdek, umumiy sug‘urta sohasidagi 17 ta sug‘urta klassi qatoriga yana 1 ta tartib raqami bo‘yicha XVIII-klass- “Tibbiy sug‘urta” klassi ham qo‘shildi.