Diplom uchun Rossiyaga. Toshkentlik talabalar DDTUdagi ta’lim haqida so‘zlab berishdi

Don davlat texnika universitetining (DDTU) o‘zbekistonlik talabalari o‘z tajribalari va taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Sputnik
Abituriyent uchun chet elda ta’lim olish- noaniqliklar tomon qo‘yilgan qadam: yangi madaniyat, muhit va mentalitet. Don davlat texnika universitetining (DDTU) o‘zbekistonlik talabalari o‘z tajribalari va taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi va Rossiyaga ta’lim olishga nima turtki bo‘lgani, universitetdagi hayot haqqida so‘zlab berishdi.
Glavnoe zdanie DGTU

Moslashuv va qo‘llab-quvvatlash

Said Toshkent shahridan kelgan. Tanishlari va qarindoshlarining tavsiyasiga ko‘ra universitetning yuridik fakultetiga o‘qishga kirmoqchi. Universitetda Saidning 100 nafar vatandoshi tahsil oladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vatandoshlari va do‘stona muhit sababli boshqa mamlakatga kelish u uchun qiyin bo‘lmagan. U tezda ko‘nikkan.
Said Sotvoldixujayev
“Men DDTU xalqaro fakultetining tayyorlov kurslarida tahsil olyapman va rus tilini o‘rganyapman. Oktabrda birinchi marta O‘zbekistondan Rossiyaga keldim va menga mahalliy madaniyat juda yoqdi. Yuridik fakultetiga o‘qishga kirishni rejalashtirganman. Bu yerda mening yurtdoshlarim, tanishlarim ko‘p, akam mana shu universitetda tahsil olgan. Aynan u menga muttassislik yo‘nalishi tanlashda yordam berdi. Hozir u Toshkentda huquqshunos bo‘lib ishlaydi”, - deydi Said Sotvoldixo‘jayev.
DDTUda baynalminal muhit shaklllangan. Hozirgi kunda Don davlat texnika universitetida 45 000 dan ortiq talaba tahsil oladi. Ulardan qariyb 3000 tasi 82 ta mamlakatdan kelgan chet ellik talabalar. Chet ellik talabalarning ta’lim olishga moslashuvi uchun xalqaro fakultetda milliy madaniyatlar kunlari, bag‘rikenglik festivallari va yana ko‘plab mana shunday tadbirlar tashkillashtiriladi. Bundan tashqari, o‘qishga qabul qilinganlarning barchasi “Birinchi kurs talabalarni yo‘naltirish” ikki hafqtalik dasturidan o‘tadi.
“Bu vaqt davomida talabalar universitet talablar turar joyi, bo‘linmalari, fakultetlari, laboratoriyalari, ilmiy markazlari va talabalar kengashlarining ishlari bilan tanishadi, dekanlar bilan uchrashadi. Ikkinchi haftadan so‘ng intensiv loyihaviy faoliyatga jalb qilinadi. Bu ularning ta’lim so‘rovlarini aniqlashtirishga va ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishning individual yo‘nalishlarini belgilab olishga yordam beradi”, - deydi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘limi rahbari Alina Viniskaya.
So‘ngra talabalarning universitetdagi qizg‘in hayoti boshlanadi.
Yusuf Xushaliyev ham psixologiya bo‘yicha tahsil olish uchun Toshkentdan kelgan. Bu yil u diplomga ega bo‘ladi.
“Men bundan to‘rt yil avval psixologiya, pedagogika va defektologiya fakultetida o‘qish uchun kelganman. O‘qishga kirishim qiyinchilik tug‘dirmadi: hujjatlarimni tezda qabul qilishdi, qabul komissiyasida hammasini tushuntirishdi, imtihonlarni topshirdim va talabalikka qabul qilindim. Hozir magistratura haqida o‘ylayapaman. Menimcha, o‘qishni hali davom ettiraman”, - deydi Yusuf.
Uning so‘zlariga ko‘ra, nafaqat so‘nggi kurslarda, balki butun ta’lim olish davomida talabalar uchun amaliy ishlar ko‘p bo‘ladi. Universitet o‘qituvchilari talabalarni qo‘llab - quvvatlashadi va staj o‘tash uchun ish topishda ko‘maklashishadi.
“Mening amaliyotim maktabda o‘tgan. Avval men o‘qituvchilarning ishlarini kuzatdim, ta’lim berishda yondashishlarini o‘rgandim. Keyin esa mustaqil dars o‘tishni boshladim. O‘qituvchilar bu uchun qulay joy topishga va amaliyot o‘tashga yordam berishdi”, - deb hikoya qiladi Yusuf.

Ta’lim olish uchun imkoniyatlar

Ta’lim olish, madaniy tadbirlar va stajirovkadan tashqari talabalar akademik harakatlar dasturida ishtirok etishadi. Va ikkinchi kursdan boshlab boshqa mamlakatlarda ta’lim olishlari mumkin.
“OTMning 44 ta mamlakatda 114 ta tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘ygan- bu asosan universitetlar, ilmiy va tadqiqot laboratoriyalari. Biz xalqaro hamkorlik sohasini kengaytirishni davom ettirmoqdamiz. O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Hindiston, Qirg‘iziston, Malayziya va Indoneziya universitetlar bilan hamkorlik qilamiz. Hozirda ikki tomon diplomlari dasturlari, talabalar va o‘qituvchilar bilan almashish, qo‘shma ilmiy laboratoriyalar, yagona ilmiy platformalar yaratish ustida ish olib bormoqdamiz. Unda olimlar fikr almashishlari, o‘z g‘oyalarini bildirishlari mumkin”, - deydi DDTU rektori Besarion Mesxi.
Rektor DGTU Besarion Mesxi
Universitetda muhandis-texnika, tabiiy ilm fan va gumanitariya yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta fakultet bor.
“Universitetning yana bir o‘ziga xos jihati - korporativ kafedralar. Talabalar viloyatlarda joylashgan korxonalarda texnologik vazifalarni bajarishadi. Ular dasturda ishga joylashish uchun bitiruvchi talabaning bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishadi. O‘qish jarayonida bunday kafedralar talabalari korxonalarda amaliy mashg‘ulotlardan o‘tishadi”, - deb tushuntiradi Anna Viniskaya.
Viniskayaning so‘zlariga ko‘ra, DDTU Rossiya va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Bu esa bitiruvchilarning ishga joylashishga ko‘mak bo‘ladi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va chorvachilik rivojlangan: mamlakat iqtisodiyotida agrosanoat muhim ahamiyatga ega. DDTUning ta’limiy va ilmiy fokuslaridan biri- qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishdir. OTM mutaxassislarining aytishicha, ushbu universitet bitiruvchilariga mehnat bozorida talab katta bo‘ladi.

Universitetdagi hayot

Hozirda universitetda dunyo standartidagi yangi, zamonaviy kampus qurilmoqda.
2020 yilda talabalar shaharchasida 8 qavatli ijtimoiy blokli 23 qavatli kvartira tipidagi yangi yotoqxona foydalanishga topshirildi. Uch kishilik studiya-kvartiralarida 949 kishi istiqomat qiladi. 2021-yilda universitetda 25 qavatli ikkita majmua qurilishi boshlandi. Obyektlar 2024-yilgacha qurib bitkazilishi rejalashtirilgan.
Obshejitie DGTU №10
“Chet ellik talabalarga talabalar turar- joyidan o‘rin ajratiladi”, - deya alohida ta’kidladi DDTU qabul komissiyasi mas’ul kotibi Stepan Burakov.
Kampus hududida shuningdek, basseyn, sport zallari, bir nechta kutubxona hamda kompyuter bilan jihozlangan mutolaa zallari, “Ilm-fan” ilmiy-ishlab chiqarish kompleksi va talabalar poliklinikasi mavjud. Qora dengiz qirg‘og‘ida joylashgan Divnomorsk aholi yashash punktida joylashgan sport va sog‘lomlashtirish kompleksida talabalar dam olishlari mumkin”.
Obshejitie DGTU №10
“Bundan tashqari, DDTUda tahsil olayotgan kasaba uyushmalari a’zolari uchun OTM Rossiya shaharlariga arzon narxlarda sayohat tashkillashtiradi. Shuningdek, sportchilarni musoboqalarda har tomonlama qo‘llab -quvvatlaydi”, - deydi Alina Viniskaya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chet ellik talabalar Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq, o‘qishdan tashqari vaqtlarda ishlashlari ham mumkin.

Tashkiliy ishlar

Bu yili DDTU abituriyentlari uchun bakalavriat, mutaxassislik, magistratura va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining turli yo‘nalishlari bo‘yicha 5500 dan ortiq budjet o‘rinlari ajratilgan.
“O‘zbekistonlik abituriyentlari budjet o‘rinlari uchun tanlovda rossiyalik abituriyentlar bilan umumiy asosda ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari, bo‘lajak talabalar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishni tanlab, to‘lov asosida qabul qilinishlari mumkin”, — deydi Stepan Burakov.
Burakovning aytishicha, DDTUga hujjatlarni uchta usulda topshirish mumkin: masofadan turib shaxsiy kabinet, pochta orqali yoki universitetning qabul komissiyasiga shaxsan tashrif buyurib. Universitet 2022-yilda ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi bo‘lgan taqdirdagina o‘qishga qabul qilinishini ta’kidladi.