Bugun “Superoy” hodisasi kuzatiladi

O‘zbekiston aholisi tunda “Super oy” hodisasini kuzatishi mumkin buladi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Bugun, Toshkent vaqti bilan taxminan 14:00 da Oy perigeyda – o‘z orbitasining Yerga eng yaqin nuqtasida bo‘ladi. Bu vaqtda Yer va uning sun’iy yo‘ldoshi o‘rtasidagi masofa 357 ming km ni tashkil qiladi.
Moskva planetariysi RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, bugun Oy bilan bog‘liq ikkita muhim “perigey” va “to‘lin oy” astronomik hodisasi ro‘y beradi.
Ma’lumot uchun, Oyning Yerga maksimal 362 ming km darajada yaqinlashishi super oy hodisasi deyiladi. Bu jarayon to‘lin oyning perigeydan o‘tishi bilan uch kundan kamroq farq bilan sodir bo‘ladi. Perigey va to‘lin oyning tasodifi har yili sodir bo‘ladi, ammo ular orasida to‘qqiz soatdan kam vaqt bo‘lgan holatlar kam uchraydi.
O‘zbekistonda to‘lin oy jarayoni soat 23:00 atrofida sodir bo‘ladi. U tun bo‘yi quyosh chiqqunga qadar super oy O‘qotar yulduz turkumida porlab turadi.