Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

UQKning Novaya Kaxovkaga bergan zarbasi: kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 80 kishi jabrlandi

Ukraina harbiylari 11-iyul kuni kechqurun Novaya Kaxovkaga zarba berishdi.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari Xerson viloyatidagi Novaya Kaxovka shahrini o‘qqa tutishdi.
Kaxovka tumani harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari Vladimir Leontyevning ma’lum qilishicha, buning oqibatida 80 kishi jabrlangan, 5 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, 7 kishi bedarak yo‘qolgan. Hozir ularni vayronalar ostidan qidirishmoqda.
Leontyev UQKning Novaya Kaxovkaga qilgan hujumini terakt deb atagan. Halok bo‘lganlarning oilalariga 2 million rubldan pul to‘lanadi.
Ukraina harbiylari 11-iyul kuni kechqurun Novaya Kaxovkaga zarba berishdi. Bu mineral o‘g‘itlari bo‘lgan omborlarning portlashiga va vayron bo‘lishiga olib kelgan. Kasalxona, uy-joylar va shahar infratuzilmasiga shikast yetgan. Xerson viloyati harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousovning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, raketa zarbasi Amerikaning HIMARS tizimi orqali berilgan.
Rossiya maxsus operatsiya davomida Ukrainaning Xerson viloyati 15-mart kuni to‘liq rossiyalik harbiylar nazorati ostiga o‘tgan edi.