O‘zbekistonda repetitorlik narxlari oshdi

O‘zbekistonda repetitorlik narxlari bir oyda o‘rtacha 0,4 foizga oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 2022-yilning iyun oyida repetitorlik narxlari may oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,4 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, repetitorlik narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 2,8 foizga oshgani kuzatilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan, ya’ni bir yilda o‘rtacha 9,4 foizga qimmatlashgan.