TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikkita chegara bojxona punkti faoliyati qayta tiklandi.
O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘laydigan "Malik" va "Oqoltin" chegara bojxona punktlari faoliyati 12-iyul kunidan boshlab qayta tiklandi.
Bu haqda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
"Sirdaryo" chegara bojxona postining "Malik" (Qozog‘iston tomonidan — "Sirdaryo") va "Oqoltin" (Qozog‘iston tomonidan — "Selinniy") chegara bojxona punktlari faoliyati pandemiya sababli 2020-yil mart oyidan boshlab vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Chegara bojxona punktlarining ish faoliyati faqat kunning yorug‘ vaqtida faoliyati olib borib, ushbu punktlar orqali yengil turdagi avtotransport vositalari va fuqarolar bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmoqda.