O‘zbekiston doimiy aholisi soni necha kishiga yetdi

Statqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, 1-iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi 35,6 mln kishini tashkil etgan.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekistonning doimiy aholisi 1-iyul holatiga ko‘ra 35 603 443 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ayollar soni 17 690 386 kishiga, erkaklar soni 17 913 057 kishiga teng bo‘lgan.
Qayd etilishicha, 2022-yilning 1-iyul holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 222 671 nafarga ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35,4 mln kishiga yetgani xabar qilingan edi.