TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Kecha, 11-iyul kuni Mixail Masnikovich boshchiligida Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) delegatsiya rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb xabar berdi YeIK matbuot xizmati.
Tashrif doirasida Masnikovich prezident Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.
Uchrashuvlar davomida tomonlar YeOII va O‘zbekistonning ittifoqda kuzatuvchi - davlat sifatida o‘zaro hamkorligini oshirishga qaratilgan qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilmoqda.
Bugungi kunda YeOII beshta davlatni o‘z ichiga oladi: Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya.
O‘zbekiston, Moldova va Kuba kuzatuvchi - davlat maqomida. O‘zbekiston tashkilotga to‘liq a’zo bo‘lish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.