Tojikistonlik futbolchi Ehsoni Panshanbe “Navbahor” klubidan ketdi

Tojikistonlik futbolchi Ehsoni Panshanbe Eronga yo‘l oldi.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. "Navbahor" klubi Ehsoni Panshanbe jamoadan ketganini ma’lum qildi.
Tojikistonlik 23 yoshli yarim himoyachisi faoliyatini Eronning "Zobahan" klubida davom ettiradi.
Panshanbe "Navbahor" tarkibiga 2020-yil 2-davrasida Tojikistonning "Istiqlol" klubidan kelib qo‘shilgandi.
U O‘zbekiston Superligasi bahslarida "lochinlar" tarkibida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 2 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qildi.
Ehsoni 2022-yilgi mavsumda 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.
"Navbahor" 1-turdan keyin 25 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda.