Sirdaryodagi xonadonlarning birida o‘q-dorilar noqonuniy saqlanayotgani aniqlandi - foto

Yangiyer shahrida fuqaro molxonasida 10 dona o‘q-dorini noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida yashovchi fuqaroning uyida noqonuniy ravishda o‘q-dorilar saqlanayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Yangiyer shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tezkor tadbir olib borishgan va fuqaro Q.T. ning (1988 yilda tug‘ilgan) hovlisini ko‘zdan kechirishgan. Tekshiruv natijasida uning molxonasida 10 dona o‘q-dorilar noqonuniy saqlanayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Sirdaryodagi xonadonlarning birida o‘q-dorilar saqlanayotgani aniqlandi
Hozir bu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.